|
|
45.
|
Kichik taqaburun
Lesser
Horseshoe Bat
Rhinoolophus
hipposideros (Bechstein, 1800)
ssp.
midas Andersen, 1905
|
|
Maqomi. 2:
G`arbiy palearktika janubidagi turning zaif, qisqarib borayotgan, mozaik
tarqalgan o`troq eron-turon kenja turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi. Oloy
t. (Shohimardon q. atroflari), Nurota, Zarafshon t., Ugom, Pskom d. vodiylari,
Toshkent sh. atroflari. O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyo mamlakatlari,
Eron, Afg`oniston, Pokiston, Yevropa, Afrika shimoli, Turkiya, Arabistonda -
boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tekisliklar,
tog` etaklari va d.s.b. 2500 metrgacha bo`lgan o`rta qismlari, vohalar.
Soni. Doimo kam bo`lgan.
Odatda yakka holda yoki kichik galalarda (3-5 ta) uchraydi, ba'zan 15-300 ta
bo`lib koloniya hosil qiladi. So`nggi o`n yilliklarda soni keskin kamayib
ketdi.
Yashash tarzi. Aprel-oktabrda
kechalari faol, kunduzi tashlandiq binolarda, g`orlarda, qoyalar kovaklarida,
eski yer osti yo`llarida berkinadi, o`sha yerda qishlaydi ham. Bahorgi va kuzgi
ko`chish doirasi - 10 km gacha. Sentabr-oktabrda, ba'zan aprelda juftlashadi;
urg`ochilari bahor va yozda koloniyalar hosil qiladi. Iyulda bolalaydi (1-2).
Bolalari iyul-avgustda uchirma bo`ladi, 2-3 qishlovdan so`ng jinsiy voyaga
yetadi. Tunda uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yashirinadigan
joylarida bezovta qilinishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ishlab
chiqilmagan.
|
|
|
|
|
46.
|
Uzun dumli tunshapalak
Long-tailed
Bat
Myotis
frated G.M. Allen, 1923
ssp.
bucharensis Kusjakin, 1950
|
|
Maqomi 1:
Janubiy Osiyo turining butunlay yo`q bo`lib ketish arafasida turgan (balki yo`q
bo`lib ketgan), lokal tarqalgan o`troq Janubiy Turon kenja turi. TMXI Qizil
ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi. Samarqand
sh. atrofi. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston. G`arbiy Sibir janubi, Uzoq
Sharq, Koreya. Xitoyda - boshqa kenja turi.
Yashash joylari. Tekisliklar,
tog` etaklari, vohalar.
Soni. Odatda yakka holda
yoki kichik guruhlarda (3-5 ta), ba'zan koloniya bo`lib uchraydi. (Samarqand
yaqinida 1957-1963 yillarda qumtoshli yerosti yo`llarida 100-500 tadan iborat)
O`zbekistonda yagona koloniyasi yashar edi, keyinchalik yashash joylari buzilib
ketgan.
Yashash tarzi. O`zbekistonda
yetarlicha o`rganilmagan. Aprel-oktabrda tunlari faol, kunduzi tashlandiq
xarobalarga, gorlarga, qoya yoriqlariga, eski yerosti yo`llariga berkinadi.
Yakka-yakka holda qishni ham o`sha yerda o`tkazadi. Bahor va kuzda 100 km gacha
ko`chadi. Iyul-avgustda juftlashadi, keyingi yil iyun-iyulda bolalaydi (1-2),
ular bir qishlashdan so`ng jinsiy voyaga yetadi. Tunda uchadigan hasharotlar
bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Berkinib
yotgan joylarida bezovta qilinishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Saqlanib qolgan barcha populyatsiyalarini aniqlash, muhofazasini
tashkil qilish, areali, soni va yashash tarzini mukammal o`rganish lozim.
|
|
|
|
|
47.
|
Oq qorinli o`q quloq
Hemprich's
Long- eared Bat
Otonycteris hemprichi Peters, 1859
|
|
Maqomi. 2: Zaif, tabiatan kamyob, lokal
tarqalgan o`troq janubi-g`arbiy Palearktika turi.
Tarqalishi. Ko`xitang, Nurota, Qurama
t., Sirdaryo, Zarafshon d. vohalari. O`zbekistondan
tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Qirg`iziston, Shimoliy
Afrika, G`arbiy Osiyo, Hindiston.
Yashash
joylari. Tekisliklar, vodiy
va vohalar, tog` etaklari va d.s.b.
1000 metrgacha
bo`lgan qismi.
Soni. Doimo kam bo`lgan. Odatda
yakka holda yoki kichik guruhlar (3-7ta) bo`lib uchraydi, urg`ochilari
ko`payish davrida koloniyalar (15-25 ta) hosil qilib yashaydilar.
Yashash tarzi.
O`zbekistonda
yetarlicha o`rganilmagan. Aprel-oktabrda tungi paytlari faol, kunduz kunlari
tashlandiq xarobalar, g`orlarga, qoyalar yoriqlariga, eski yer osti yo`llariga
berkinadi. Yakka-yakka holda qishni ham o`sha yerda o`tkazadi. Bahor va kuzda
100 km gacha ko`chadi. Kuz yoki bahorda juftlashadi, iyun-iyulda bolalaydi
(1-2). Bolalari iyul-avgustda ucha boshlaydi, bir qishlovdan so`ng jinsiy
voyaga yetadi. Tunda uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Berkinadigan
joylarida bezovta qilinishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Nurota
qo`riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bog`ida muhofaza ostiga olingan. Saqlanib
qolgan barcha populyatsiyalarini aniqlash, muhofazasini tashkil qilish, areali,
soni va yashash tarzini mukammal o`rganish lozim.
|
|
|
|
|
48.
|
O`rta
Osiyo qunduzi
Centralasian
Otter
Lutra
Infra (Linnaeus 1758) seistanica Biiiila, 1912
|
|
Maqomi. 1: Afro-janubiy
Osiyo turining yo`q bo`lib ketayotgan, lokal tarqalgan Eron-Turon
kenja turi.
Tarqalishi. 1970-yillargacha
Sirdaryo, Zarafshon, Chotqol d. vohalarida
yashagan. Hozirda Amudaryo, Surxondaryo, Kashqadaryo
Qizildaryo, Oqsuv, Sheroboddaryo, Mochaydaryo
(G`arbiy Pomir-Oloy)larning yuqori qismi
qayirlarida saqlanib qolgan. O`zbekistondan tashqarida: O`rta
Osiyo mamlakatlari, Qozog`iston, Eron, Afg`oniston. Yevropa, Shimoliy
Afrika, G`arbiy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Shri-Lankada
— boshka kenja turlari.
Yashash
joylari. Baliqqa boy chuchuk suv
havzalarining qirg`oq bo`ylari.
Soni. Ilgari uchrashi odatiy edi, hozirda
ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan, qolgan joylarda juda kam. Lokal
populyatsiyalardagi o`rtacha zichligi — daryo o`zanining 1km.ga 0,75-2 donadan
to`g`ri keladi. Jami, taxminan, 150 dona
qolgan.
Yashash tarzi. Tunlari faol, kunduzi
qirg`oq bo`yidagi uyalariga, kovak va g`orlarga berkinadi. Juftlashishi
— fevral-aprelda. Urg`ochisi har ikki yilda
bir marta - yanvar-fevralda bolalaydi (2-5). Bolalari
uyasidan aprel-avgustda chiqadi. 3 yildan so`ng jinsiy voyaga yetadi. Baliqlar,
ba'zan qurbaqa, suvilon, mayda sut emizuvchilar va qushlar, suv umurtqasizlari
bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Tekislik
daryolari suv rejimining o`zgarishi va ifloslanishi, tog` vohalarining
o`zlashtirilishi sababli yashash joylarining vayron bo`lishi, brakonerlik.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Ovlash
taqiqlangan. Hisor qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan, SITESning
1-ilovasiga kiritilgan.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|